Avval milagpt.io biz haqimizda gapirib berardi. Endi u Milalarni ish ustida koʻrsatadi. Saytni shunday qayta qurdikki, bir daqiqada eng muhimi tushunarli boʻladi: sizga qaysi Mila mos, u bugunoq nimalarni qila oladi va uni qanday olish mumkin.
Avval — sizga qaysi Mila kerak
Bosh sahifada toʻrtta Mila bor, har birining oʻz ishi:
- Mila Kompanyon — har kuni siz va ishingiz uchun yordamchi. Xat va postlarni siz bilan birga yozadi, har bir mijozni eslab qoladi, ruscha va oʻzbekcha ovozli xabarni tushunadi.
- Mila Menejer — rahbar yordamchisi. Mijozlar va vazifalarni yuritadi, har tong qisqa hisobot yuboradi.
- Mila Marketolog — har kuni marketing kerak boʻlgan biznes uchun. Rasm chizadi va Telegramda reklama tayyorlaydi.
- Mila Kripto — kriptovalyutaga pul qoʻyadiganlar uchun. Oddiy soʻzlar bilan tushuntiradi va koinni sotib olishdan oldin tekshiradi.
Istalganini bosing — nimalarni qila olishini oʻzi aytib beradi. Saytda bular kichik jonli sahnalar: «Ertangi post tayyor. Joylaymi?», «Qisqa hisobot: 3 ta yangi mijoz, bittasi qoʻngʻiroq kutyapti».
Kompanyon
Menejer
Marketolog
KriptoFaqat Mila hozir qila oladigan ishlar
«Qachondir» degan vaʼdalarni olib tashladik. Saytda faqat Mila bugun qila oladigan ishlar bor va har bir koʻnikmani jamoamiz tekshirib chiqqan.
Bitta qoidani esa toʻgʻridan-toʻgʻri bosh sahifaga chiqardik: Mila ochiq ishlaydi. U oldindan ogohlantiradi, hisobot beradi va barcha muhim qarorlarni siz bilan kelishadi.
Mila sizga qulay joyda
Yangi «Mila ekranda» bloki u bilan qayerda uchrashish mumkinligini koʻrsatadi:
- Telegramda — shaxsiy chatda va jamoaning ish chatlarida;
- televizorda — uy va ofis uchun kanallari bor Mila TV;
- majlis ekranida — telefondan slayd va saytlar;
- ovoz orqali — Jonli suhbat;
- VRda.
Har bir ish uchun oʻz sahifasi
Endi har bir Milaning oʻz sahifasi bor: milagpt.io/manager, /marketolog, /crypto. Toshkentliklar uchun — /tashkent: ob-havo, tumaningizdagi svet va suv, afisha, tuman xaritasi va eʼlonlar taxtasi — hammasi bitta chatda. Ekranlar uchun — /tv.
Buning ortida kim turibdi
Milalar sahifalarida «Mila ortida kim turibdi» bloki bor: asoschi Shahruz Ashot Ashirov (40 yil dasturlashda, shundan 28 yili tijorat dasturlash va onlayn marketingda) va hammuassis Farangiz Sharapova. AI yordamchi ortida tirik odamlar koʻrinib turishi biz uchun muhim.
Qanday boshlash mumkin
Eng oddiy yoʻli — Milaga yozish. Unga ishingiz haqida aytib bering, u nimadan boshlashni aytib beradi. Oʻz Milangizni 3 kun bepul olishingiz mumkin, uning ishi uchun $5 ham bizdan.